Yangi qurilma 5,5 dyuymli Full HD displeyga ega bo‘lib, o‘n yadroli MediaTek Helio X23 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfon 3 yoki 4 Gb'li operativ xotira va 32 yoki 64 Gb'li ichki xotira bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, K8 Note 13 va 5 megapikselli ikki moduldan iborat asosiy kamera, shuningdek 13 megapikselli frontal sensorga ega. Qurilma akkumulyatori 4000 mAs sig‘imli bo‘lib, Turbo Charging texnologiyasi bo‘yicha tezkor zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi.
K8 Note sotuvlari 18 avgustda boshlanadi. Kichik model narxi - 205 dollar, 64 Gb'li versiyasi esa xaridorlarga 220 dollarga tushadi.












