Stansiyada 3 ta oddiy rozetka va 4 ta USB port bor. Eng kuchli USB-C port 140 vattgacha quvvat beradi, bu esa kuchli noutbuk va MacBook’larni ham tez zaryadlashga yetadi. Qolgan USB-C portlar 45 vattdan, USB-A esa 30 vattgacha quvvat uzatadi.

Qurilma aqlli quvvat taqsimlash tizimiga ega va ulangan gadjetlarga tokni avtomatik moslab beradi. Ichidagi GaN chipi tufayli kam qiziydi va xavfsiz ishlaydi.
RGB yoritishli zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan stansiya Xitoyda 599 yuan atrofida sotilmoqda. Hozircha global bozorlarga chiqishi haqida ma’lumot yo‘q.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.











