Bu haqda Jirinovskiy “Ma'nolar hududi” butunrossiya yoshlar forumi davomida aytib o‘tdi.
“Men Davlat dumasida oxirigacha, o‘lgunimcha qolaman, men yoshlarga ham aytdim: “Siz bilan bir kunda hayotdan ko‘z yumaman”, - deya RLDP yetakchisining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, u RLDP, RFKP va “Adolatli Rossiya”ga bitta partiya tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 fevral kuni Vladimir Jirinovskiy Rossiya liberal demokratik partiyasining raisi etib to‘rt yilga qayta saylangandi.











