Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, A.X. va N.A. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni 55 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishlari va u yerda doimiy yashash guvohnomasini olib berishlarini aytishgan.

Ular kelishilgan puldan 25 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.