Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Yangiyo‘l tumani «Baytish» MFY hududida olib borilgan reyd davomida hududdan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasidan bir guruh shaxslar tomonidan maxsus texnikalar yordamida o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, hududdan olib chiqib ketilayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Quyi Chirchiq tumani «Mevazor» MFY hududida o‘tkazilgan reyd davomida Chirchiq daryosi o‘zanidan bir guruh shaxslar tomonidan maxsus texnikalar yordamida o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, hududga yaqin masofada joylashgan tosh maydalash korxonasiga tashib ketilayotganligi aniqlandi.
Transport vositalari tosh maydalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «F.M.» MChJga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Har ikki holatda ham tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.
Texnika vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.











