Mamlakat adliya vazirligida aytilishicha, afv etilganlardan bir qismi Al-Husaym shahri va uning okruglaridagi namoyishlarda ishtirok etishgan. Qirol “jinoyat sodir etmaganlar va jiddiy voqealarga aralashmaganlarni” afv etgan. Al-Husaymdagi notinch vaziyat o‘tgan yil oktabrda mahalliy baliqchi politsiya tomondan musodara qilingan baliqni chiqindi tashuvchi mashinadan olmoqchi bo‘lganda u tomondan bosib ketilgandan keyin bshlangan. Baliqchining o‘limi «korrupsiya va adolatsizlikka qarshi” bir qator namoyishlarni keltirib chiqargan.