Janubiy Koreya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati dengizchilarni 23 iyunda Ullindo orolidagi havzada aniqlagan. Dengizchilar shikastlangan dvigatelli kema bortida bo‘lganlar.

Ta'kidlanishicha, shimoliy koreyaliklarning barchasi vataniga qaytish istagini bildirgan. 

"Kema va uning ekipajining 8 a'zosi Yapon dengizidagi topshirish punkti orqali Shimoliy Koreya tomon jo‘natildilar", deb ma'lum qilgan Janubiy Koreya vakili.