Oliy Liganing 14-turidan o‘rin olgan «Mash'al» (Muborak) – «Neftchi» (Farg‘ona) uchrashuvi 19 iyun kuni G‘uzor shahridagi «Sho‘rtan» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, Muborakdagi Bahrom Vafoyev nomidagi stadion yonib ketgani va unda ta'mirlash ishlari boshlangani sababli shunday qarorga kelingan.

Stadionda o‘tgan haftada yong‘in ro‘y bergandi. Yong‘in sabablari aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qarshining «Nasaf» jamoasiga tegishli «Markaziy» stadionida rekonstruksiya ishlari olib borilganligi bois qarshiliklar birinchi davrada uy uchrashuvlarini aynan «Sho‘rtan» stadionida o‘tkazib kelayotgan edi.