Aytilishicha, yigitning kiyimlari cho‘ntagidan kukunli 49 ta o‘ram topildi. Ekspertiza bu modda geroin bo‘lib, umumiy og‘irligi 140 gramm kelishini aniqlagan. Narkodiler o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan – u butun partiyani maxfiy yerlarga joylashtirib chiqishi lozim bo‘lgan.

- “Narkotik moddalarni noqonuniy xarid qilish, saqlash” moddasida nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi, - deya aytib o‘tishgan Rossiya IIVning Yaroslavl viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmatidagilar.

Hozirgi vaqtda narkopolitsiyachilar qo‘lga olingan shaxsning sheriklarini qidirmoqda.