Yyellen shu bilan Federal zaxira tizimining olingan ma'lumotlardan kelib chiqib, avval e'lon qilingan rejaga muvofiq, barqarorlashtirish siyosatini davom ettirishini tasdiqladi. Yyellenning qayd etishicha, inflyatsiya 2 foizlik ko‘rsatkichdan oshgan, ishsizlik darajasi esa 5 foizdan pasaygan. 

"Ya'ni biz Kongress topshiriqlarining barchasiga erishdik … AQSh iqtisodiyoti o‘zini sog‘lom his qilmoqda", — degan Yyellen. 

"Biroq, biz barqaror holatda ekanimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Qat'iylashtirish siyosatini tezlashtirishimiz kerak emas… Ammo, iqtisodiyot qizib olishini ko‘p kutmaymiz ham", — degan FZT rahbari. 

FZT rahbariyati 2017 yilda yana ikki marta boshlang‘is stavkani ko‘tarishi kutilmoqda. Hozirda, u 0,75-1 foizni tashkil etadi.