Karim beton bloklarni tez sindirish uchun antiqa usul qo‘llagan: u boshi uzra umbaloq oshib 6 tadan taxlangan bloklarga zarba bergan. O‘smir rekordni o‘rnatgach unda yana kuch saqlanib qolganini aytgan. "Men bunga erishishimda yordam bergan barchaga – ota-onam va murabbiyimga rahmat aytmoqchiman", deb aytgan rekordchi o‘smir.