Dast ko‘tarishda 94 kilogramm bilan uchinchi natija qayd etgan Kumushxon Fayzullayeva siltab ko‘tarish mashqida o‘z mahoratini namoyish qilib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush va bronza medallari Misr hamda Tunis terma jamoasi vakilalariga nasib etdi.
Ta'kidlash joizki, Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. Bu terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi oltin medali edi. Ikki kun muqaddam erkaklar o‘tasida Adham Ergashev "+62 kg" vazn toifasida ham dunyo birinchiligida zafar quchgan edi.











