Nashrga ko‘ra, migratsiya xizmati afsonaviy bokschining 44 yoshli o‘g‘lini 2 soatga ushlab qolishgan. So‘roq vaqtida 2 marta diniy e'tiqodiga doir savol ham bergan. Shu bilan bir vaqtda, Muhammad Alining sobiq rafiqasini ushlashmagan, chunki uning yonida turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati bo‘lgan.
Oilaning do‘sti va sobiq federal prokuror Kris Manchinining so‘zlariga ko‘ra, kichik Ali jinoiy javobgarlikka tortilish bilan bog‘liq o‘tmishga ega emas. Qolaversa u AQSh fuqarosidir. "Tushunmayapman, prezident Trampning muhojirlik taqiqlari dinga asoslanmagani to‘g‘risidagi ta'kidlari qayerda qoldi", — degan Manchini.
Tramp AQSh prezidenti vazifasiga kirishganidan ko‘p o‘tmay, "AQShni terrorizmdan himoya qilish to‘g‘risida"gi farmonini imzolagan edi. U suriyalik qochqinlarni qabul qilish jarayonini noma'lum muddatga to‘xtatgan, shuningdek, Iroq, Eron, Yaman, Suriya, Somali, Sudan va Liviya fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga taqiqlagan edi.
Keyinchalik, Sietl sud'yasi ushbu farmonini Konstitutsiyaga zid deb topgan ijrosini vaqtincha taqiqlagandi.











