
"Men avval boshdanoq o‘yladim: buning hech qanday qiyin joyi yo‘q. Biz ikki yo‘lli trubka qilishimiz mumkin, uning bir qismi uzunroq, ikkinchisi esa kaltaroq bo‘ladi. Hech qanday muammo yo‘q.
Keyin esa o‘ylanib qoldik, bunday trubochkani stakanga tushirilsa, uning bir qismi havoni torta boshlaydi... Bu shunday narsaki, ko‘rinishidan oddiy bo‘lgani bilan ishlab chiqarish jarayonida bir qator muammolar yuzaga keladi. Ma'lum bo‘lishicha, yo‘l-yo‘lakay bir necha ilmiy va muhandislik muammolar hal qilingan".
Set Nyuburg, NK Labs bosh muhandisi va boshqaruvchi hamkori

Prototiplarni sinovdan o‘tkazish davomida muhandislar 100 ta Shamrock Shake kokteylini xarid qilishlariga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, namunalar suv va yog‘ yordamida tekshirilgan hamda ichimlikni ikki bosqichini tortish jarayonining 3D-modelini yaratishgan.
Muhandislarning ishonch bilan ta'kidlashlaricha, natijada ular muvaffaqiyatga erishishgan va ichimlikning ikki qismini bir vaqtning o‘zida teng miqdorda ichish imkonini beruvchi trubkani yaratishgan.

Fast Company xabariga ko‘ra, ikki mingga yaqin STRAW AQShning McDonald's mavjud 80 shahrida bepul tarqatiladi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda kompaniya "innovatsion" trubkani ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
![]()










