Kompaniya direktorlar kengashi fikricha, 52 yoshli Isterbruk bu bilan kompaniya siyosatini buzgan va teran fikrlay olmasligini namoyish qilgan. Isterbrukning o‘zi ishqiy munosabatlarini xato deb atagan. “Kompaniya tamoyillarini hisobga olib, men direktorlar kengashining olg‘a borishim vaqti kelgani borasidagi fikriga qo‘shilaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Isterbruk.
Ta'kidlanishicha, uning o‘rnini kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasiga boshchilik qilgan Kris Kempzinski egallaydi.











