Michigan shtatidagi "Paupard" (Poupard Elementary School) boshlang‘ich maktabi to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘qituvchisi bergan uy vazifasidan ko‘ngli to‘lmagan. Bola o‘z noroziligi Snapchat mobil ilovasi orqali bildirib, nafratlanadigan ustozini otib o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Maktab rahbariyati 4-sinf bolasining tahdidi haqida darhol politsiyaga xabar berdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘quvchining uyiga borishgan. Yosh merganning ota-onasi farzandlarida hech qachon qurol bo‘lmaganini aytishgan, biroq surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bola vaqtinchalik o‘qishdan chetlatildi.

"Paupard" maktabi direktori Geri Nixaus o‘quv muassasasida bunday tahdidlarga juda jiddiy munosabatda bo‘linishi haqida ma'lum qilgan.

“Biz maktabimiz o‘quvchilari va xodimlari xavfsiz hamda tahdidlardan himoyalangan bo‘lishlariga ishonch hosil qilishimiz kerak”, - degan Nixaus.