Vinod Kumar, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi:
"Ushbu anjumanda ishtirok etayotganimdan behad mamnunman. Fikrimcha, bu yerda juda ham ochiq va erkin muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Nafaqat hukumat vakillari, balki Oliy Majlis xodimlari, xorijlik ekspertlar, shuningdek, universitet talabalari va OAVning ham ishtirok etayotgani quvonarli holdir. Moderatorlar ham asosiy yo‘nalishlar bilan yaxshi tanishtirishdi.
Anjumanning besh kun mobaynida tashkil etilganini ijobiy baholayman. Bu esa insonlarni to‘g‘ri va erkin yo‘naltirishga imkon beradi. Haftalikda faqatgina ochiq muhokamalar emas, turli viloyatlardagi insonlar bilan onlayn muloqotlarning tashkil etilishi O‘zbekiston kelajagida katta rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda yurtingizda xorijiy mamlakatlar, diplomatik korpus vakillari bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirga diplomatlar, xorijlik mehmonlar va hukumat idoralari vakillarining tashrif buyurishi, ularning xalq bilan muloqotga chiqishi kelgusi besh yil ichida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishda o‘z samarasini beradi. O‘zbekiston - mehmondo‘st mamlakat. Biz ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyot va boshqa sohalardagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanib borishiga umid qilamiz".











