O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tashqi siyosat masalalari alohida o‘rin tutadi, unga bag‘ishlangan maxsus bob ham mavjudligi ta'kidlab o‘tildi. 

O‘tgan 25 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati sohasida 20ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilingan, ular orasida ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash, Davlat chegarasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, shuningdek, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun shular jumlasiga kiradi. Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining qator farmon va qarorlari ham alohida o‘rin tutadi. 

Harakatlar strategiyasida ham O‘zbekiston Respublikasida zamon talabidan kelib chiqqan holatda bir qator hujjatlarni qayta ishlash ko‘zda tutilayotganligi ta'kidlandi. 

1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar haqidagi qonunning yangi tahriri;

2. O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik xizmat to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish;

3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri;

4. Konsullik ustavining yangi tahriri.

Amalga oshirilayotgan ishlardan asosiy maqsad -  O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatga integratsiyasini tobora chuqurlashtirish hamda O‘zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish.