Tramp oxirgi 60 yil ichida Oq uyga siyosatdan kelmagan birinchi fuqaro bo‘ldi.

Trampdan qasamyodni AQSh Oliy sudi bosh sudyasi Jon Roberts Kapitoliy binosining g‘arbiy tomonida qabul qildi.

"Biz ko‘p yillarga Amerika va butun dunyo yo‘lini belgilaymiz", deb aytdi Tramp.

Tramp AQSh o‘z turmush tarzini boshqa davlatlarga suqishtirmasligini, biroq ular uchun o‘rnak bo‘lmoqchiligini aytdi. 

Trampning "Amerikani yana buyuk qilamiz!" shiori oddiy amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Barak Obama tomonidan taklif qilingan sog‘liqni saqlashdagi islohotlarni to‘xtatishga va xitoylik ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga soliqlarni oshirishga va'da bergan.