Manbaga ko‘ra, haftasiga 49 soatdan ko‘p vaqtini ish joyida o‘tkazuvchi Koreya Respublikasi aholisi reytingning 1-o‘rnida qayd etilgan.
"2014 yil holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada mehnat qiluvchilarning 32,4 foizi haftasiga kamida 49 soat ishlashgan. Bu ularning dunyo miqyosida birinchi o‘rinda ekanliklaridan dalolat beradi", - deya ta'kidlandi telekanalda.
Eng ko‘p mehnat qiluvchilar reytingidagi keyingi o‘rinlarda 30,8 foiz ko‘rsatkich bilan Hongkong (2-o‘rin), 21,3 foiz natija bilan Yaponiya (3-o‘rin) qayd etilgan. Shu munosabat bilan manbada Osiyo mamlakatlarida hali-hanuz Konfutsiya an'analari kuchli ekanligi ta'kidlanadi.
"Biroq ish joyida uzoq vaqt o‘tkazish uning samaradorligidan dalolat bermaydi", - deyiladi manbada.
Telekanal Janubiy Koreya hukumatini idorada o‘tkazilgan vaqt emas, aniq professional yutuqlar qadrlanadigan yangi mehnat tajribasini yaratish ustida ish boshlashga chaqirdi.











