«Xalqaro koalitsiya o‘z majburiyatini bajarishi lozim, ular Al Bob uchun kurashda bizga havodan yordam berishi kerak, — degan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin. — Biz muhtoj bo‘lgan yordamni bermaslik mumkin emas».
Kalinning aytishicha, Turkiya armiyasi Suriya ozod armiyasi bilan hamkorlikda IShIDning 226 nafar jangarisini o‘ldirgan.
Bir necha haftadan beri Al Bob uchun ayovsiz janglar davom etmoqda. Ushbu shahar uchun kurash «Furot qalqoni» amaliyoti doirasida amalga oshirilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad, Turkiya va Suriya chegara hududlarini IShID jangarilaridan ozod qilishdir.











