Ikki qavatli binoda mashhur Big-Ben minorasining nusxasini ko‘rish mumkin. U konstruktorning 200 ming donasidan yasalgan. Uning balandligi 6 metrni tashkil etadi. Nusxaga o‘rnatilgan soat va chiroqlarning ham ishlashi ta'minlangan.
Bundan tashqari, London metrosi vagonining asl kattalikdagi nusxasi do‘kon mijozlari e'tiboriga havola etilgan. Uning uchun 600 mingdan ortiq Lego bo‘lakchalari sarflangan.
Do‘kon hududida shuningdek, fotoquti ham ishlamoqda. Unda konstruktorlardan o‘z portretingizni yasash uchun chizmaga ega bo‘lish mumkin.
AFP
GETTY IMAGES
GETTY IMAGES
REUTERS











