Politsiya patruli Volvo avtomobilini yo‘lda tezlikni oshirgani uchun to‘xtatib, jarima solmoqchi bo‘lgan. Biroq kar-soqov haydovchi Deniel Xarris politsiya mashinasi sirenasini eshitmagan. Oqibatda politsiyachi haydovchini taqib qilish vaqtida ularning mashinalari to‘qnashib ketgan.
Haydovchi mashinadan tushganda, politsiyachi uni darhol otib tashlagan. Guvohlarning aytishicha, tezlikni oshirgan 29 yoshli haydovchi imo-ishoralar bilan nimalarnidir tushuntirmoqchi bo‘lgan.











