Forbes jurnali 63 yoshli Alisher Usmonovni dunyoning eng nufuzli kishilari ro‘yxatiga qo‘shgan, bundan tashqari u Rossiyaning eng badavlat ishbilarmonlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallaydi. Moliyaviy ahvoli 14 milliard dollarga baholangan hamyurtimiz dunyodagi eng katta yaxtani qo‘lga kiritib, uni onasining sharafiga “Dilbar” deb nomladi. U Sardiniyaning Zumrad sohillaridan ilk marotaba dengizga chiqarildi. 

“Dilbar” – tonnasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda, uzunligiga ko‘ra esa to‘rtinchi pog‘onada turadi. Uning uzunligi – 156 metr, kengligi – 23 metr, balandligi – 30 metrni tashkil qiladi, yaxta 80 kishiga mo‘ljallangan. Usmonovning bundan avvalgi yaxtasi 110 metrdan iborat edi. 

Alisher Usmonov yaxtasini o‘zining Sardiniyadagi villasi qarshisiga – Kala di Volpe va Romatstsino ko‘rfazlari o‘rtasiga joyladi.