Rossiya Oliy sudi «Yabloko» partiyasini Davlat Dumasi saylovidan chetlatdi. Sudya Vyacheslav Kirillov «Rodina» partiyasi yuristlarining da’vosini qanoatlantirdi.
«Yabloko» sud qarori ustidan shikoyat qiladi», deb ma’lum qildi «Yabloko» partiyasi.
«Yabloko»ni qo‘llab-quvvatlash uchun sud binosi oldida to‘plangan odamlar «Sharmandalik!» deb hayqirishdi.
«Yabloko» Ukraina bilan urushni tezroq tugatish tarafdori bo‘lgan yagona partiya edi. U hatto dastlab saylov byulleteniga kiritilgan edi.
«Rodina» partiyasi «Yabloko»ni olib tashlash to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atdi. Da’vogarlar o‘z talablarini partiya o‘z tashviqotida mualliflik huquqlarini buzayotgani va «ekstremistik» shiorlar bilan chiqayotgani bilan izohlagan.
Sud mahkamasida MSK vakili Rosfinmonitoringning «Yabloko» xorijiy moliyalashtirishni olgani haqidagi ma’lumotlarini ham keltirdi. «Yabloko»ning o‘zi buni xorijiy aksiyalarning sotilishi bilan izohladi, partiya qonunga ko‘ra saylovdan oldin ulardan qutulishi kerak.











