Yosh ixtirochi-muhandis Ikromjon Mo‘ydinjonov «Kelajak muhandislari» ko‘rik-tanlovi doirasida ARGUS-SYS anti-UAV tizimi loyihasini taqdim etdi.

Ushbu ishlanma dronlarni tez va samarali neytrallashtirishga qaratilgan.

Tizim YOLOv8 AI algoritmi va optik uzatgichlar yordamida dronlarni avtomatik aniqlaydi hamda nishonga oladi.

U 500 W quvvatli (405 nm) lazer nuri orqali 1000 metrdan ortiq masofada 2 soniyadan kam vaqt ichida nishonni bartaraf etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda dron tutuvchi qurilma ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.