2026-yil 1 sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi.
Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart.
Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaksiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.
Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.











