Toshkentda 2026 yil boshidan buyon avtobuslarda chiptasiz yurgan 79 618 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“Har bir huquqbuzar yo‘lovchiga nisbatan BHM 1/10 qismi (41 200 so‘m) miqdorida jarima solingan. 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yo‘lovchilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd so‘mni tashkil etdi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, avtobuslarda to‘lov intizomini oshirish maqsadida yo‘l haqi tushumi kamayib borayotgan yo‘nalishlarda muntazam nazorat reydlari o‘tkazilyapti.