Transport vazirligining bildirishicha, “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan 79 618 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar qo‘llanilgan.

Har bir huquqbuzar yo‘lovchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi (41 200 so‘m) miqdorida jarima solingan.

2026 yilning o‘tgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yo‘lovchilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd so‘mni tashkil etdi.