Kaliningrad viloyati sudi mintaqada yashab kelgan Litva fuqarosini josuslik aybi bilan 13 yil 6 oy muddatga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kaliningrad viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 48 yoshli erkak 2011-yildan 2024-yilgacha Rossiya hududida bo‘lib, davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni to‘plab, xorijiy davlatga yetkazib bergan.

Sud hukm chiqarishda ayblanuvchining og‘ir surunkali kasalliklari borligini yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olgan.

«Mediazona» nashrining yozishicha, hukm qilingan shaxs Aleksandr Polyachkov bo‘lib, u 2021-yil iyun oyida josuslik bo‘yicha jinoyat ishi doirasida hibsga olingan.

Polyachkov Litvaning Klaypeda shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik u Kaliningrad viloyatiga ko‘chib o‘tgan va 2014-yildan boshlab qimmatbaho toshlarga ishlov berish hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan «Amberus» kompaniyasiga rahbarlik qilgan.