Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar maydondagi park hududini kompleks rivojlantirish va aholi uchun qulay jamoat makoniga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar boshlandi.
Asosiy vazifalar va loyihaning ustuvor yo‘nalishlari sifatida park hududini zamonaviy shaharsozlik talablariga va aholi ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
Ochiqlik va qulaylik
Ekologiya va yashil hudud
Zamonaviy infrastruktura
Ushbu tashabbuslar poytaxtdagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit taqdim etish, markaziy ko‘chalar va ularga tutash hududlarda yashil maydonlar va bog‘larni kengaytirish maqsadida boshlangan keng ko‘lamli ishlarning bir qismidir.
"Bu ko‘cha 1990-yillarda yopib qo‘yilib, uzoq vaqt avtomobillar ham o‘tmaydigan joyga aylanib qoldi. Yangi davrga kelib avvaliga ko‘cha ochildi. Mana endi xiyobon hududi aholi uchun ochilmoqda. Bu odamlar uchun juda yaxshi tashabbus" deydi fuqaro.
"Hududning panjara bilan o‘rab olingani odamlarni qo‘rqitardi, darvoza ochiq turgani bilan u yerga kirishga xijolat bo‘lishardi" deydi yana bir hamyurtimiz.