2026 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida 20502 ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb ma’lumot berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ulardan 4 611 tasi qo‘shma va 15 891 tasi xorijiy korxonalardir.

Qayd etilishicha, oxirgi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi eng ko‘p korxonalar Xitoy investorlari ishtirokida ro‘yxatga olingan - 6060 ta.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya (3454 ta) va Turkiya (2293 ta) joylashgan.

Yuqori o‘ntalikdan shuningdek, Qozog‘iston (1307 ta), Janubiy Koreya (725 ta), Afg‘oniston (685 ta), Ozarboyjon (473 ta), Tojikiston (455 ta), BAA (440 ta) va Hindiston (426 ta) joy olgan.