Qoshg‘ar ko‘chalarida sayr qilar ekansiz, bir tomonda zamonaviy binolar va keng ko‘chalar, ikkinchi tomonda esa asrlar davomida shakllangan qadimiy mahallalar oralab o‘tasiz. Ayniqsa, shaharning qadimiy qismi — Eski shahar (Ansiyent Sity) sayyohlarni eng ko‘p o‘ziga jalb qiladigan maskanlardan biridir.

Qoshg‘arning ayrim mahallalari O‘zbekiston mahallalarini eslatadi. Ko‘chalar muhiti, uylarning me’moriy qiyofasi va kundalik hayot manzaralari o‘zbeklar uchun ham juda tanish tuyuladi. Bu o‘xshashlik – Ikki hududni asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘li orqali bog‘lab kelgan umumiy tarixiy va madaniy ildizlardan darak beradi.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyevning Xitoyga xizmat safari chog‘ida olgan suratlari orqali Qoshg‘arning bugungi hayoti va betakror muhitini yaqindan his qilishingiz mumkin.