Statistikaga ko‘ra, aholisi eng kam hududlar orasida birinchi o‘rinni G‘ozg‘on shahri egallagan. Unda doimiy aholi soni 9,5 ming nafarni tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Tomdi tumani (15,3 ming nafar), Shirin shahri (19,4 ming nafar), Qorovulbozor tumani (20,7 ming nafar) va Bo‘zatov tumani (21,8 ming nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, ro‘yxatdan Yangiobod tumani (30,6 ming nafar), Mo‘ynoq tumani (34,1 ming nafar), Konimex tumani (36,8 ming nafar), Taxtako‘pir tumani (38,9 ming nafar) hamda Uchquduq tumani (39,9 ming nafar) o‘rin olgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur reyting 2026 yil 1 aprel holatidagi doimiy aholi soni asosida shakllantirilgan.