Germaniyada yangi tarixiy harorat rekordi qayd etildi. Saksoniya-Anxalt yerida joylashgan Drevits qishlog‘idagi harorat o‘lchash stansiyasida harorat 41,5 darajaga yetdi, deb xabar berdi Germaniya meteorologiya xizmati.
Ta’kidlanishicha, bu dastlabki ma’lumot bo‘lib, u rasman 29 iyundan keyin tasdiqlanadi. Meteorologlar o‘lchov stansiyalaridagi ko‘rsatkichlarni muntazam kuzatib borishmoqda va termometr ustuni 42 darajadan oshishini istisno qilishmayapti.
Avvalgi rekord – 41,3 daraja harorat 26 iyun kuni Burbax tumanida qayd etilgandi. Ma’lumot berilishicha, 27 iyun kuni bu yerda havo harorati 41,4 darajaga yetgan.











