Saida Mirziyoyeva Andijon viloyati rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda respublika, viloyat, tuman va mahalla darajasidagi dolzarb masalalarni hal etishda barcha bo‘g‘inlar o‘rtasidagi hamjihatlik muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, qarorlarni tezkor qabul qilish, ularning ijro muddatlari va mas’ullarini aniq belgilash zarurligi qayd etildi.


Yig‘ilishda muhokama qilingan asosiy masalalardan biri 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur inshoot ko‘plab xonadonlar, mahallalar va tashkilotlarning suv ta’minoti uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan magistral suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlarini kechiktirmasdan boshlash zarurligi ta’kidlandi. Loyihaning amalga oshirilishi aholini barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.











