Prezidentning “Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “O‘zbekiston – Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekiston – Yaponiya markazi” loyihasining VI bosqichi Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etiladigan texnik yordam mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Dastlabki baholash natijalariga ko‘ra, mazkur mablag‘ hajmi 2,9 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston – Yaponiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Loyiha ikki davlat o‘rtasidagi texnik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda biznes va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.










