Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 3 iyun kuni Vena shahrida Avstriya federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi.
«Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdik. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlarini alohida muhokama qildik. O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.














