Adliya vazirligi tomonidan Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi insofsiz sug‘urta agentlarining reyestrini yuritadi hamda uni o‘zining rasmiy veb-saytida ochiq joylashtiradi.

Shuningdek, yangi tartibga muvofiq, sug‘urta agenti va sug‘urtalovchi o‘rtasidagi topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va agentga maxsus ID raqam beriladi.

Nizomda sug‘urta agentlari faoliyatini monitoring qilish, vositachilik haqi miqdorini cheklash hamda bank krediti bilan bog‘liq sug‘urta shartnomalarini tuzishda mijozning sug‘urtalovchini erkin tanlash huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalar ham belgilangan.