Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Feridun Sinirlio‘g‘luning O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti haqida so‘z yuritilgan.

YXHT bosh kotibi O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda sud-huquq sohasidagi islohotlar kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.