25 may kuni, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida soat 7:00 dan 14:00 gacha o‘quvchilarning maktabga avtomobil boshqarib kelishi bilan bog‘liq 238 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev.
«Bayramni baxtsizliklarsiz o‘tkazish uchun minglab yo‘l-patrul xizmati va ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmat xodimlari maktablar yonida kuchaytirilgan tartibda xizmat o‘tamoqda. O‘quvchilarning ota-onasiga tegishli yoki ijaraga olgan avtomashinani boshqarib kelganini kuzatish mumkin. Qoidabuzarlar orasida 11-, 9- va hatto 8-sinf o‘quvchilari ham bor», dedi u.
YHXX vakili bolalarning katta fojia qurboni bo‘lishiga yoki boshqalar hayotini xavf ostida qoldirishiga zamin yaratib berayotgan kattalardan ko‘zini ochishini, yoshlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslikni so‘radi.













