Mazkur farmoyishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi amalga oshiriladi.
Hujjat bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi dasturni amalga oshirish uchun mas’ul organlar etib belgilangan.
Shuningdek, 2026 yildan boshlab har ikki yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalar faoliyati samaradorligini dastur asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Dasturda ishtirok etuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mukofot nominatsiyalari ro‘yxatlari Agentlik va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tasdiqlanadi.











