Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs muqaddam qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 5 kg 160 gramm “opiy” moddasini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirmoqda. Shaxs sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlangan.