2026 yilning I choragida soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni tashkil yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Soliq turlari kesimida tushum (2025 yil mos davriga nisbatan o‘sish):
— foyda solig‘i – 20,4 trln so‘m (+43 foiz);
— QQS – 12,5 trln so‘m (+27 foiz);
— JShODS – 10,7 trln so‘m (+15 foiz);
— yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 6 trln so‘m (+17 foiz);
— aksiz solig‘i – 4,6 trln so‘m – (+1 foiz);
— soliqsiz tushumlar (dividendlar, boj, jarima) – 3,3 trln so‘m (+1 foiz);
— yer solig‘i – 2,8 trln so‘m (+34 foiz);
— mol-mulk solig‘i – 2,3 trln so‘m (+11 foiz);
— AOS – 0,6 trln so‘m (+12 foiz);
— suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 0,4 trln so‘m (+82 foiz).











