«Andijonda «zapravka»ga qarab propan narxi 5700 so‘mdan boshlanardi. O‘tgan hafta chorshanba kunidan boshlab birdan 6700 so‘mga oshirilib qo‘yilibdi. Hamma «zapravka»da narx birdan ko‘tarildi», deydi Kun.uz bilan suhbatlashgan andijonlik haydovchi.

Oxirgi savdo sessiyalarida birjada ham narxlar ko‘tarila boshlagan. Xususan, 4 may kungi savdolarda propanning 1 tonnasi 7 mln 244 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu 7 mayga  kelib 7 mln 707 ming so‘mgacha yoki 6,4 foizga oshgan. Birjadagi narxlarning chakana narxlarga qanchalik darajada ta’sir qilayotgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvardan boshlab Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi bilan Respublika tovar xomashyo birjasida suyultirilgan gaz narxining boshlang‘ich narxga nisbatan oshish chegarasi 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilgandi.