Angliyaning Manchester shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi ringga ko‘tarilgan Jalolov 8-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Bahodir Jalolov professional boksda 18ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.
O‘zbekistonlik yana bir bokschi, jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham raqibi ustidan muddatidan avval g‘alabaga erishdi.


U polshalik Damian Drabikni 2-raundda nokautga uchratdi.












