Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.