Sud yolg‘on axborot tarqatish moddasi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish muddati o‘tib ketganligi sababli, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishni tugatish haqida qaror qabul qildi.

Bu haqda 7 may kuni Yashnobod tuman sudida bo‘lib o‘tgan majlisdan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Mazkur ishga metan-shoxobchalarning ish vaqtini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan Auto24 ilovasi haqida Otabek Bakirov bildirgan tanqidiy fikrlar hamda uning Telegram-kanalida energetika muammolari haqida yozgan postlari asos bo‘lgan edi.