O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab bir qator tovar va xizmatlar uchun faqat naqdsiz shaklda to‘lov qilishga o‘tilgan edi. 5 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda shu yangi tartibga bog‘liq ravishda qator takliflar ilgari surildi.

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz to‘lovlarning aholi uchun qulay shakllarini ko‘paytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilg‘i sotish sohalarida xarid cheki bo‘yicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi.

Bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar bo‘yicha xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilindi.

“Davlatimiz rahbari raqamlashtirish jarayonlarini biznesga qo‘shimcha yuk emas, qulaylik yaratadigan vositaga aylantirish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.