Qonunchilikka ko‘ra, patensiz ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar foyda solig‘ini kamaytirilgan stavkada to‘laydi.

Mazkur imtiyoz 2026 yil 1 maydan 2029 yil 1 maygacha amal qiladi. Ushbu davrda korxonalar uchun foyda solig‘i belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan holda hisoblanadi.

Yangi tartib ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish hamda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan.